Sizning maxfiyligingiz biz uchun muhim! π‘
Biz sayt ishlashini yaxshilash va sizga qulaylik yaratish uchun cookies-fayllardan foydalanamiz. Davom etish orqali siz cookies-dan foydalanishga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati Daryo.uz
βοΈ Sozlamalarni o'zgartirish
Fyuri va Joshua o'rtasidagi jang 2027-yilga ko'chirilishi yoki Nyu Yorkda o'tkazilishi mumkin
Manba: Kollaj/Getty images
Professional boksning super og'ir vazn toifasida Tayson Fyuri va Entoni Joshua o'rtasidagi ehtimoliy jang 2026-yil noyabr oyida Nyu-Yorkdagi βMadison Square Gardenβ arenasida o'tkazilishi mumkin. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
Manbaga ko'ra, hozirda Nyu-Yorkdagi arena eng asosiy variant hisoblanmoqda. Dastlab jangni Londonning βUembliβ stadionida o'tkazish varianti ko'rib chiqilgan, ammo kuzda ochiq arenani tayyorlash murakkab. Agar tomonlar baribir London arenasini tanlasa, iliq ob-havo bo'lishi uchun jang 2027-yilning bahoriga ko'chirilishi mumkin.
Qayd etilishicha, sana o'zgargan taqdirda Fyuri va Joshua yana bittadan jang o'tkazishiga to'g'ri keladi. Bu esa muayyan xavflarni yuzaga keltiradi.
Jangni βMadison Square Gardenβ arenasida o'tkazish borasida AQSH auditoriyasiga qiziqish masalasi ham shubha uyg'otmoqda. Netflix qo'llab-quvvatlayotganiga qaramay, tashkilotchilar Britaniya bokschilari o'rtasidagi to'qnashuv AQSHda past qiziqish uyg'otishidan xavotirlanmoqda.
Avvalroq Avvalroq super og'ir vazn toifasida sobiq Jahon chempionlari, britaniyalik Tayson Fyuri (35-2-1) va Entoni Joshua (29-4) 2026-yilning to'rtinchi choragida o'zaro to'qnash kelishi haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Fyuri Joshua bilan jang tashkil etilmasa, faoliyatini yakunlashini bildirgandi.
Manba: Daryo.uz