Elit OCHL. “Paxtakor” “Al-Hussayn” ustidan yirik hisobda g'alaba qozonib guruh bosqichiga yo'l oldi

Elit OCHL. “Paxtakor” “Al-Hussayn” ustidan yirik hisobda g'alaba qozonib guruh bosqichiga yo'l oldi

Manba: “Paxtakor” matbuot xizmati

Elit Osiyo Chempionlar Ligasi o'tish bosqichi doirasida kechgan “Paxtakor” hamda Iordaniyaning “Al-Hussayn” jamoalari o'rtasidagi bahs yakuniga yetdi. Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida kechgan uchrashuvda “sherlar” 3:0 hisobida g'alaba qozonib, musobaqaning guruh bosqichiga yo'l oldi.

O'yindagi hisob 7-daqiqada Dostonbek hamdamov tomonidan ochildi. 30-daqiqada Hamdamov dublni rasmiylashtirib, jamoasining ikkinchi golini kiritdi. 52-daqiqada “Paxtakor”ning iroqlik yarim himoyachisi Bashar Resan gol urib, hisobni yirik ko'rinishga keltirdi — 3:0. Uchrashuv yakuniga qadar hisob o'zgarmadi.

Shu tariqa, “Paxtakor” Elit Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

Yangi mavsumda “Neftchi” va “Paxtakor” qit'aning eng nufuzli klublar turnirida O'zbekiston sharafini himoya qiladi.

Elit Osiyo Chempionlar Ligasi

“Paxtakor” — “Al-Hussayn” 3:0

Gollar: 1:0 — Hamdamov (7), 2:0 — Hamdamov (30), 3:0 — Resan (52)