Keyt Blanshett “Kalmar o'yini”ning Amerika versiyasida suratga tushmaydi
Amerikaning Netflix striming platformasi rejissyor Devid Fincher tomonidan “Kalmar o'yini” seriali asosida ishlanishi rejalashtirilgan loyihadan voz kechdi. Mazkur loyiha serialning ingliz tilidagi spin-offi bo'lishi kerak edi.
Ma'lumotlarga ko'ra, 2024-yil oxirida OAV Devid Fincher mashhur serialning spin-offi ustida ishlashi haqida yozgan. Dastlab loyiha to'liq metrajli film sifatida rejalashtirilgan, keyinchalik uni “Heckler” ishchi nomi ostidagi serialga aylantirish ko'zda tutilgan.
Syujetda voqealar Shimoliy Amerikada bo'lib o'tishi, suratga olish ishlari esa Buyuk Britaniyada tashkil etilishi rejalashtirilgan edi. “Kalmar o'yini”ning final qismida amerikalik aktrisa Keyt Blanshettning ishtiroki ham loyihaga bo'lgan qiziqishni oshirgandi.
Ko'pchilik uning serial finalidagi chiqishini o'yinlarning AQSHda davom etishiga ishora sifatida qabul qildi. Biroq loyiha ijodkorlari bu taxminni rad etdi. Rejissyor Devid Fincher esa Netflix uchun boshqa loyihalarga, xususan, “Kliff Batning sarguzashtlari” filmiga e'tibor qaratdi. Mazkur film Kventin Tarantinoning “Bir paytlar Gollivudda” kartinasining davomi hisoblanadi.
Manba: Daryo.uz

