O'zbekistonda dollar rasmiy kursi tushdi
Manba: “Daryo” / Farrux Aliyev
Markaziy bank xorijiy valyutalarning o'zbek so'miga nisbatan 11-avgustda amalda bo'ladigan qiymatini e'lon qildi.
dollar 17,49 so'mga tushib, 11934,61 so'm bo'ldi;
yevro 8,47 so'mga oshib, 13788,05 so'm bo'ldi;
rubl 0,57 so'mga tushib, 144,64 so'mni tashkil etdi.
Avvalroq dollar rasmiy kursi ko'tarilib, 11 952,10 so'm bo'lgan edi. 6-avgustda amalda bo'ladigan qiymatda esa ushbu valyuta 11 900 so'mdan ham pastlagan.
Manba: Daryo.uz
