Mourinyo: “Messi biz uchun haqiqiy bosh og'rig'i edi”

Mourinyo: “Messi biz uchun haqiqiy bosh og'rig'i edi”

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining “Barselona”dagi o'yinlari haqida gapirdi. Portugaliyalik mutaxassisning ta'kidlashicha, o'sha vaqtlarda Messi madridliklar uchun eng jiddiy bosh og'rig'i bo'lgan.

“U biz uchun haqiqiy bosh og'rig'i edi. Uni to'xtatish uchun nima ham qila olardik? Ilk o'yindanoq tushunib yetgandimki, biz xuddi 'Barselona' kabi o'ynab, ulardan yaxshiroq bo'la olmaymiz. Ularni yengish uchun biz maydonda ham, uning tashqarisida ham butunlay boshqacha bo'lishimiz kerak edi.

Biz bitta kubok, bitta chempionat va bitta Chempionlar Ligasi uchun kurashish ma'nosida futbol maydonidagi murosasiz raqiblar edik. O'ylaymanki, bu ajoyib raqobat bo'lgan”, deya Mourinyoning so'zlarini keltirmoqda Ole nashri.

Eslatib o'tamiz, Lionel Messi 2003-yildan 2021-yilgacha “Barselona” sharafini himoya qilgan. Argentinalik yulduz Kataloniya klubi safida umumiy hisobda 520 ta o'yinda maydonga tushib, o'z nomiga 474 ta gol hamda 216 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.