Fabritsio Romano yo'nalishni o'zgartiradi

Fabritsio Romano yo'nalishni o'zgartiradi

Manba: Getty Images

Taniqli futbol insayderi Fabritsio Romano transfer bozori bilan ishlash formatini o'zgartiradi. Bu haqda jurnalist o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, yozgi transfer oynasi yopilganidan so'ng u bu yo'nalishda avvalgidek faoliyat olib bormaydi.

“Ehtimol, men endi transfer bozori bilan avvalgi formatda shug'ullanmayman. Yondashuv va voqealarga qarash tarzini o'zgartirish vaqti keldi. Transfer oynasi yopilganidan keyin bu haqda batafsilroq gapirib beraman. Bu davrdagi ko'rsatkichlar aql bovar qilmas darajada”, deydi Romano.

Ma'lumot uchun, Fabritsio Romano dunyodagi eng taniqli futbol transferi ekspertlaridan biri hisoblanadi. Uning ijtimoiy tarmoqlardagi auditoriyasi millionlab obunachilarni tashkil etadi.

Romanoga katta shuhrat keltirgan “Here we go” iborasi esa futbolchi va klublar o'rtasida kelishuvga erishilganini bildiruvchi o'ziga xos belgiga aylangan.