Sadriddin Hasanov Portugaliyada ilk rasmiy uchrashuvini o'tkazdi

Sadriddin Hasanov Portugaliyada ilk rasmiy uchrashuvini o'tkazdi

Manba: Kollaj/“Braga”

Portugaliya U-23 chempionatining yangi mavsumi start oldi. O'zbekistonlik futbolchilar — Sadriddin Hasanov va Sayfiddin Sodiqov to'p tepayotgan “Braga U-23” jamoasi ilk turda “Farense U-23” mehmoni bo'ldi.

“Braga” yoshlari 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan bahsni Sadriddin Hasanov asosiy tarkibda boshladi va 87-daqiqada zaxiraga olindi. Bu uning Portugaliyadagi yangi jamoasi safida rasmiy uchrashuvdagi ilk ishtiroki bo'ldi.

Foto: Instagram/“Braga”

Bahsda mezbonlar 32-daqiqada Moraesning goli evaziga hisobni ochdi. Ikkinchi bo'limda esa “Farense” ketma-ket gollar urib, kambek amalga oshirdi. Nsumbu 62-daqiqada hisobni tenglashtirdi. 72-daqiqada Karvalyu yana “Braga”ni hisobda oldinga olib chiqqan edi. Biroq Nsumbu 72-daqiqada dubl qayd etgan bo'lsa, 82-daqiqada Kosta mehmonlarga g'alaba keltirgan golni urdi.

Sayfiddin Sodiqov esa kichik jarohat sababli mazkur bahsda ishtirok etmadi. U hozircha individual tarzda mashg'ulot olib bormoqda va hafta yakuniga qadar jamoaviy mashg'ulotlarga qo'shilishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, har ikki o'zbekistonlik futbolchi yozgi transferlar oynasida Portugaliyaning “Braga” klubiga qo'shilgandi.