Qirg'izistonda 3 yil qidiruvda bo'lgan o'zbekistonlik aka-uka ushlandi
Manba: “24.kg”
Qirg'izistonning Botken viloyati Qadamjoy tumanida firibgarlikda gumonlanayotgan ikki nafar O'zbekiston fuqarosi qo'lga olindi. Ular 2023-yildan beri qidiruvda bo'lgan. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati ma'lumotiga tayanib “24.kg” xabar berdi.
Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, 2021-yilda Oq Turpoq qishlog'i rezidentlari aka-uka ustidan shikoyat qilgan. Gumonlanuvchilar plastik romlar yasab berishni va'da qilgan. Ular pullarni olgan, lekin va'dasini bajarmagan.
Tergov jarayonida jabrlanganlarga yetkazilgan umumiy moddiy zarar 122 ming som (1300 dollar)ni tashkil etgani aniqlandi. Holat yuzasidan firibgarlik moddasi bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atildi. Gumonlanuvchilar 2023-yilda rasman qidiruvga berilgan edi.
Qadamjoy tumani IIB xodimlari ularning joyini aniqladi. Qidiruvdagilar aka-uka bo'lib chiqdi. Ular O'zbekistonning Farg'ona viloyatida yashovchi, 1989 va 1991-yilda tug'ilgan fuqarolardir. Ikkala shaxs ham Qadamjoy tumanida qo'lga olindi va militsiya bo'limiga olib kelindi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Manba: Daryo.uz




