“2025-yilda eng ko'p korrupsion jinoyat sodir etgan shaxslar Andijonda aniqlangan” — senator

“2025-yilda eng ko'p korrupsion jinoyat sodir etgan shaxslar Andijonda aniqlangan” — senator

Manba: Senat/Abduhakim Eshmurodov

O'zbekistonda 2025-yilda 7 517 kishi korrupsion jinoyati sabab javobgarlikka tortilgan. Bu haqda 8-avgust kuni o'tgan Senat majlisida senator Abduhakim Eshmurodov ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, yil davomida korrupsiyaga oid jinoyatlar ortidan davlat manfaatlariga 2,9 trillion so'mdan ortiq zarar yetkazilgan.

“Eng ko'p korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslar Andijon (946 nafar), Toshkent (793 nafar), Qashqadaryo (745 nafar), Samarqand (709 nafar) va Namangan (509 nafar) viloyatlarida aniqlangan. Sohalar kesimida aksariyati maktabgacha va maktab ta'limi muassasalari (580 nafar), mahalliy hokimliklar (497 nafar), sog'liqni saqlash tashkilotlari (404 nafar), tijorat banklari (245 nafar) hamda oliy ta'lim muassasalari (161 nafar) xodimlari jinoiy javobgarlikka tortilgan”, dedi senator.

Foto: Senat

Abduhakim Eshmurodov korrupsion jinoyatlar ko'payganini ularni fosh etish faolligi ortgani bilan izohladi. Shu bilan birga, vazirlik va idoralardagi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatida samaradorlik yetishmayotganini aytdi.

“Bu esa korrupsiyani oldini olish maqsadida tashkil etilgan komplayens-nazorat tuzilmalari ayrim tashkilotlarda profilaktika vositasi sifatida emas, balki hisobot taqdim etish bilan cheklanayotganidan dalolat bermoqda”, dedi Senat vakili.

Avvalroq 2025-yilda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki mazkur jinoyatga qarshi kurashishga ko'maklashganlar jami 3,5 million so'm mukofot olgani xabar qilingand i.