O'zbekiston oltin-valyuta zaxiralari iyulda qariyb 590 mln dollarga oshdi

O'zbekiston oltin-valyuta zaxiralari iyulda qariyb 590 mln dollarga oshdi

Manba: Bloomberg

O'zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qiymati iyundagi pasayishdan so'ng yana o'sishni boshladi.

Markaziy bank ma'lumotlarida keltirilishicha, 1-avgust holatiga ko'ra, mamlakatning jami oltin-valyuta zaxiralari 64,34 mlrdni tashkil etdi. Bir oy ichida ko'rsatkich 589,75 mln dollarga oshdi.

Zaxiralardagi oltinning qiymati 56,12 mlrd dollarni tashkil etib, bir oyda 365,3 mln dollarga oshdi. Qayd etilishicha, oy davomida oltin narxining 4016,70 dollardan 4052,20 dollargacha o'sishining ta'siri 0,49 mlrd dollarni tashkil etdi.

Oltinning fizik hajmi esa biroz kamayib, bir oy avvalgi 13,88 mln troya unsiyasidan 13,85 mln troya unsiyasiga (taxminan 430,8 tonna) tushdi.

Zaxiralarning valyuta qismi 7,65 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu bir oy avvalgi qiymatdan 208,8 mln dollarga ko'p. Boshqa banklardagi naqd valyuta va depozitlar hajmi 5,89 mlrd dollarga yetdi.

Xorijiy qimmatli qog'ozlar hajmi sezilarli kamaydi. Iyul oxirida u 1,76 mlrd dollarni tashkil etdi.

Jahon oltin kengashi ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekiston yarim yilda 41 tonna oltin xarid qildi. Iyun oyidagi eng faol xaridorlar qatorida Polsha Markaziy banki 19 tonna va Xitoy 15 tonna ko'rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. O'zbekiston esa 9 tonna oltin xarid qilib, uchinchi o'rindan joy olgan.