Dollar rasmiy kursi yana ko'tarildi
Manba: “Daryo” / Farrux Aliyev
Markaziy bank xorijiy valyutalarning o'zbek so'miga nisbatan 10-avgustda amalda bo'ladigan qiymatini e'lon qildi.
dollar 36,46 so'mga ko'tarilib, 11 952,10 so'm bo'ldi;
yevro 30,12 so'mga oshib, 13 779,58 so'm bo'ldi;
rubl 0,98 so'mga tushib, 145,21 so'mni tashkil etdi.
Bundan avval ketma-ket ikki kun pastlagan dollar kursi ko'tarilib, 11 915,64 so'm bo'lgandi. Ushbu valyuta kursi 6-avgustda 11 900 so'mdan tushgandi.
Manba: Daryo.uz




