Ikki kun pastlagan dollar kursi ko'tarildi

Ikki kun pastlagan dollar kursi ko'tarildi

Manba: “Daryo” / Farrux Aliyev

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o'zbek so'miga nisbatan 7-avgustda amalda bo'ladigan qiymatini e'lon qildi.

dollar 28,92 so'mga ko'tarilib, 11 915,64 so'm bo'ldi;

yevro 32,19 so'mga oshib, 13 749,46 so'm bo'ldi;

rubl 0,18 so'mga tushib, 146,19 so'mni tashkil etdi.

Bundan avval dollar kursi ketma-ket ikki kun pastlab, 11 886,72 so'm bo'lgandi. Bunday past ko'rsatkich 2025-yil dekabridan buyon qayd etilmagandi. Ushbu valyuta kursi 3-avgustda 12 ming so'mdan tushgandi.